Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
🔹Bugun 12-fevral kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Shokirov Elyor tomonidan "Qoronqul" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sohasidagi turli kamchiliklar boʻyicha taklif va murojaatlar bildirildi. Mahalla hududidagi maktab hamda bog'cha muammolari ham o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot rahbarlari bilan kelishib olindi. Ayrim masalalar joyida hal qilinib, qonun doirasida tushuntirishlar berildi.
🔹Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilanib, masalalar nazoratga olindi.