Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjonovning Yashnobod tumani “Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputatlik so‘rovida “Do‘stobod” mahallasi Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasi 210–216-uylar hududida yer osti gaz quvurini yotqizish ishlari yakunlanganidan so‘ng yo‘l va asfalt qoplamasining bir qismi to‘liq tiklanmagani, bu esa aholi uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani ko‘tarilgan edi.

🔎 Toshkent shahar hokimligining rasmiy javobiga ko‘ra, mazkur hududda yer osti gaz quvurini yotqizish ishlari “Umar Ideal Gaz” MChJ tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan.

🔺 Shuningdek, qurib bitkazilgan mazkur gaz quvuri hozirgi kunga qadar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tasarrufiga qabul qilib olinmagani ma’lum qilingan. Gaz quvurini filial tasarrufiga qabul qilish jarayonida pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari natijasida buzilgan yo‘l va asfalt qoplamalari belgilangan tartibda to‘liq qayta tiklanishi talab etilishi qayd etilgan.

📝 Ya’ni, qurilish ishlari davomida buzilgan yo‘l qoplamasi to‘liq tiklangandan keyingina tegishli qurilish-montaj ishlari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, gaz quvurini “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tasarrufiga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

🛣 Eng muhimi, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan pudratchi “Umar Ideal Gaz” MChJga Sulton Ali Mashhadiy ko‘chasidagi buzilgan asfalt qoplamasini qayta tiklash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan.

🤝 Shu tariqa, deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masala bo‘yicha yo‘lning buzilishiga sabab bo‘lgan ishlarni amalga oshirgan pudratchi tashkilot aniqlandi va unga asfalt qoplamasini qayta tiklash vazifasi yuklatildi.

🗣 “Do‘stobod” mahallasidagi yo‘l qoplamasining belgilangan talablar asosida sifatli va to‘liq qayta tiklanishi hamda fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammoning amaliy yechim topishi deputat Sadriddin Turabjonov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1