Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Turaqlı komissiyanıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
13-sanlı ulıwma bilim beriw mektebinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Balalar maydanshasındaǵı jumıslardıń barısı menen tanıstı
янв.21
Mayıp balalardıń bilim alıw huqıqı — deputatlıq qadaǵalawında
янв.21
Máhállede ózin-ózi basqarıw xızmeti úyrenildi
янв.21
Aspantay APJ puqaraları: "Búgingi kúnimizge shúkir, deputatlarǵa raxmet!"
янв.21
XALIQTIŃ DÁRAMATLARIN ARTTIRIW - ITIBARDAǴI ÁHMIYETLI MÁSELE
янв.21
Deputat úyreniwleri: mekteptiń gúz-qıs máwsimine tayarlıǵı
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: TAJRIBA VA YOSHLIK SHASHTI BIRLASHGANDA

Yunusobod tumanining “Billur” mahallasida “Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!” shiori ostida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda Toshkent shahar Kengasi raisi, senator R.Kalonov, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh.Usmonov, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari A.To‘laganov, tuman Kengashi deputati I.Ashrapova, shuningdek, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda “Billur” mahallasida istiqomat qiluvchi, 85 yoshli olim, texnika fanlari doktori, professor, fantast yozuvchi va rassom Qudrat Do‘stmuhammad o‘zining hayotiy tajribasi hamda ibratli saboqlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, sportning beshkurash turi bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi, maktabni oltin medal bilan tamomlab, bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlardan biri Samira Abzalova o‘z yutuqlari, maqsadlari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

✅ Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan mazkur uchrashuv navqiron avlod qalbida Vatanga bo‘lgan sadoqat, ilm-ma’rifatga intilish va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 4