Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi deputatlari I.Xolov va Z.Shomurodovalar hamkorligida Denov mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤩Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Ayniqsa, mahalladagi ijtimoiy-maishiy masalalar, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish bilan bog‘liq takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
🤩Saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
🤩Bunday uchrashuvlar deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤩Xalq vakillarining mahallalarda saylovchilar bilan bevosita muloqot qilishi aholi murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mahalla hududini yanada obod va farovon qilishga xizmat qiladi.