35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Jaslarǵa jaratılıp atırǵan imkaniyatlar – deputat názerinde
янв.21
Suw menen támiyinlew máseleleri boyınsha deputat sorawı jiberildi
янв.21
Puqaralar múrájaatı tiykarında másele úyrenildi
янв.21
Erkin kópiriniń jaǵdayı deputat nazaratında
янв.21
"Jańa Ózbekstan" kórinisindegi zamanagóy máhálle qurıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslardı sheńberinde rayonda ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardı hám jaratılıp atırǵan sharayatlar menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
KÓP KVARTIRALI JAYLARDAǴI JUMISLAR ÚYRENILDI
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti
янв.21
"Hayallar dápteri"ne kiritilgen hayal-qızlar mashqalalı máseleleri úyrenildi.
Deputat fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar qаbuli o‘tkazildi.

🔺Qabul davomida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar o‘zlarining mavjud ehtiyojlari, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha murojaat qilib, amaldagi imkoniyatlar doirasida ko‘mak ko‘rsatish masalasini ko‘tardilar. Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, fuqarolarga mavjud ijtimoiy ko‘mak turlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

🔺Shuningdek, aholi tomonidan hududlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, xizmat ko‘rsatish sifati va belgilangan grafikka rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tarildi. Murojaatlarda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi aholining sanitariya va ekologik sharoitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1