35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
KENGASH E’TIBORIDA: MEHR VA E’TIBOR — FARZANDLARIMIZ UCHUN.

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning 2–5-sinflarda tahsil olayotgan farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.Mazkur ezgu tashabbus Parkent tumanida ham davom ettirilib,obodonlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlariga yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollari topshirildi.Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, senator Maxmudjon To‘xtayevich Toirov, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma”saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich ishtirok etdi.Tadbir davomida bolajonlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilanib,sovg‘alar topshirildi.Farzandlarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.Bunday ezgu tashabbuslar yosh avlodni ta’lim olishga rag‘batlantirish bilan birga, obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning amaliy ifodasidir.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan aholi, xususan,yosh avlod manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar doimo qo‘llab-quvvatlanadi.  

Slide 1 of 7