35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
Mahallada fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasida fuqarolar qabuli tashkillashtirildi.

🔻Qabul davomida turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarning muammolari tinglanib, har bir murojaatga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita deputatga bayon qilib, ularni hal etishda amaliy yordam so‘radilar. Xususan, qabul jarayonida ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasi bo‘yicha murojaat bildirildi. Murojaatchining ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud sharoiti o‘rganilib, amaldagi tartib-qoidalar asosida zarur ijtimoiy ko‘mak turlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔻Shuningdek, fuqarolar tomonidan bola puli masalasida ham murojaat bildirildi. Mazkur masala yuzasidan murojaatchining holatini o‘rganish, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy chora ko‘rish zarurligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganishda fuqaroning ijtimoiy holati va ehtiyojidan kelib chiqib manzilli yondashuv asosida ish olib borish, zarur hollarda ijtimoiy himoya va boshqa mas’ullar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1