24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-son qarori ijrosini tumanda ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan hududdagi tashqi reklama obyektlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashqi reklama vositalarining amaldagi talablarga muvofiqligi, ularning joylashtirilishi hamda belgilangan tartib va me’yorlarga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash va hududdagi tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi.