35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
HAR PAYSHANBA — DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

HAR PAYSHANBA — DEPUTATLIK FAOLIYATI KUNI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi uchun har hafta payshanba kuni deputatlik nazorati va amaliy faoliyat kuni sifatida tashkil etilmoqda.
📌 Shu kuni doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi:
🔹 #24_ta_masala — deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning ijrosi o‘rganiladi;
🔹 #Biriktirilgan_tashkilotlar_bilan_hamkorlik — deputatlarga biriktirilgan tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari o‘rganiladi;
🔹 #162_ta_qonun — qonun hujjatlarining hududdagi ijrosi va ularning amaliyotga tatbiq etilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinadi;
🔹 #Sessiya_kun_tartibi — navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib boriladi;
🔹 #Deputat_daftari — deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlar va aniqlangan muammolar muntazam qayd etib boriladi.

🏛 Bundan tashqari, har hafta doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘rganishlar natijalari, aniqlangan muammolar, deputatlik so‘rovlari hamda hududni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

📱 Komissiya a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriladi. Bu orqali deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

🎯 Maqsad — deputatlik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish.

Har payshanba — o‘rganish, nazorat, muloqot va amaliy natija kuni!