35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Katta Chilonzor-1 va Katta Chilonzor-2 mahallalari fuqarolari!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkin va farovon hayot qurish yo‘lidagi eng buyuk tarixiy yutug‘idir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholining munosib hayot kechirishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish, mahallalarni obod qilish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng muhim bo‘g‘inlardan biridir. Mahallalarda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar va tutash hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Katta Chilonzor-1 va Katta Chilonzor-2 mahallalarida ham aholining turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obod va ko‘rkam qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yo‘lida hamjihatlik bilan ish olib borilmoqda.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, bunyodkorlik va yangilanishlar — Mustaqillikning bebaho ne’mat ekanini yana bir bor namoyon etadi.
🎉 Shu qutlug‘ ayyomda Katta Chilonzor-1 va Katta Chilonzor-2 mahallalarida istiqomat qiluvchi barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka, farovonlik va xotirjamlik tilayman.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlar xalqimiz hayotida yanada ko‘proq ijobiy natijalar beraversin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimizning taraqqiyoti va ravnaqi bardavom bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
B.Sultanov
Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati

Slide 1 of 1