35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında esabat tıńlandı
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Bozataw rayonındaǵı kóshelerdiń kelbeti jaqsılanbaqta
янв.21
DEPUTATLIQ ÚYRENIW JUMISLARI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi 45-uy, 34-xonadonda yashovchi fuqaro Abidova Regina Tulkinovna murojaat qilib, o‘zi va oilasining og‘ir ijtimoiy ahvoli yuzasidan amaliy yordam so‘radi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, fuqaro R.Abidovaning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda u bilan birga yashovchi onasi (1968-yilda tug‘ilgan Qulaxmedova Yelena) uzoq yillardan buyon og‘ir kasallik tufayli parvarishga muhtoj. Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ergasheva nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro R.Abidovaning ijtimoiy ahvolini atroflicha o‘rganib chiqqan holda quyidagi amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan:

Voyaga yetmagan farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish;

Fuqaro R.Abidovani mos ish o‘rni bilan ta’minlash;

Unga zarur huquqiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish va uning nomzodini “Ayollar daftari”ga kiritish masalasini ko‘rib chiqish.

Mazkur murojaat orqali og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning, xususan, yolg‘iz va boquvchisiz xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadi ko‘zlangan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2