35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında esabat tıńlandı
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Bozataw rayonındaǵı kóshelerdiń kelbeti jaqsılanbaqta
янв.21
DEPUTATLIQ ÚYRENIW JUMISLARI
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #KQ_35 “Kokildorota” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish

Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prik. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish hamda hududdagi muammolarni xonadonbay o‘rganish — xalq vakillarining ustuvor vazifasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Deputatlik faoliyati: M.Sidiqovaning o‘z okrugida saylovchilar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati;
Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.