35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi: hududiy tashkilotchilar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi Kozixonova Orzigul Muydinovna boshchiligida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tanlov komissiyalari a’zolari hamda hududiy tashkilotchilar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlis Senati binosida tashkil etilgan mazkur seminar onlayn va oflayn — gibrid formatda o‘tkazilmoqda. Unda tanlovning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, huquqiy asoslari, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, bosqichlari, talablar hamda nominatsiyalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda

Shuningdek, ishtirokchilarni baholash mezonlari, taqdim etiladigan hujjatlar va dalillarni baholash, apellyatsiya tartibi, hududlarda tanlovni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar muhokama qilinmoqda.

Seminarda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi studiyasidan Termiz shahar Kengashi deputatlari ham ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv seminari hududlarda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, ishtirokchilar uchun teng va shaffof shart-sharoitlarni ta’minlash hamda gender tenglik yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5