35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında esabat tıńlandı
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Bozataw rayonındaǵı kóshelerdiń kelbeti jaqsılanbaqta
янв.21
DEPUTATLIQ ÚYRENIW JUMISLARI
“Oq Oltin” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq Oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov hamda “Madad” NNT bosh mutaxassisi M.Toshboltaeva tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga qonunchilik doirasida yechim topish hamda mahalla aholisi uchun munosib sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6