35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI


Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Mahkamov tomonidan o‘z saylov okrugi — 2-Surpa saylov okrugiga qarashli Qushchi mahalla fuqarolari yig‘inida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida deputatga biriktirilgan tashkilot vakillari, ko‘cha faollari hamda Qushchi MFY nuroniylari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar, aholining ehtiyojlari va takliflari atroflicha o‘rganildi.

Muhokamalar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar esa joyida hal etildi.

Ayniqsa, hududdagi muammolarni aholi, ko‘cha faollari va nuroniylar bilan birgalikda o‘rganish aholining fikr va takliflarini bevosita eshitish, mavjud kamchiliklarni aniq belgilash hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Deputat N.Mahkamovning tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o‘rganishlar davomida hududdagi masalalarni faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, belgilangan vazifalarning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarni natijalar haqida xabardor qilib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1