35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında esabat tıńlandı
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Bozataw rayonındaǵı kóshelerdiń kelbeti jaqsılanbaqta
#Hududdagi madaniyat muassasalari kutubxona holati

#Hududdagi madaniyat muassasalari kutubxona holati

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan O‘rta Chirchiq tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida muassasada aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish sifati, kitob fondining holati, mavjud adabiyotlarni saqlash sharoitlari, o‘quv zallari faoliyati hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kutubxona fondini yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitish, elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida axborot-kutubxona markazining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa an’analarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish hamda jahon va milliy adabiyotning eng sara namunalarini kitob fondiga muntazam jalb etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputat tomonidan bildirilgan takliflar asosida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3