Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.
Tashrif davomida maktab binosi, sinf xonalari va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, isitish tizimi, issiqlik ta’minoti va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun issiq va qulay sharoit yaratish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.