DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI VA FHDYO BO‘LIMIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi 5-Farovon saylov okrugi deputati Sadikov G'ulom Xusanovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
♻️ O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron navbat tizimining ishlashi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
♻️Yakunda fuqarolarga davlat xizmatlarini yanada sifatli va tezkor ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!