35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında esabat tıńlandı
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Bozataw rayonındaǵı kóshelerdiń kelbeti jaqsılanbaqta
янв.21
DEPUTATLIQ ÚYRENIW JUMISLARI
Yangi bog‘ mahallasida loyihaning ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Yangi bog‘ mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Marg‘ilon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida “Zisdent” MChJ tomonidan stomatologiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha holati o‘rganildi.

Mazkur loyiha doirasida stomatologiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlik faoliyati boshlangan. Bugungi kunda loyiha natijasida 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

O‘rganish davomida loyihaning amaliy natijalari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini baholash, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish va aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6