35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa oqıw jılına tayarlıq - deputat názerinde
янв.21
SPORT INSHOOTLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM - KELAJAK POYDEVORI
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYA MÁJLİSİ BOLÍP ÓTTİ
янв.21
“Оила поликлиникалари” тизимининг жорий этилиши ва аҳоли саломатлигини сақлашдаги ўрни
янв.21
Bozataw rayonında “Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı” estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
MUSTAQILLIK YILLARIDA XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI TUB ISLOHOTLAR VA YANGI MAKTABLAR QURILISHI
янв.21
“BOZATAW–SHAXAMAN” AVTOMOBIL JOLINDAǴI KÓPIRDI OŃLAW JUMISLARI ÚYRENILDI
#Deputat faoilayati

“Navro'z” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyevga biriktirilgan Nurafshon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 2-saylov okrugi hududidagi “Navro'z” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔹Jarayonda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, "Ayollar daftari" bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 1