35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Chinoz_tumani Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi



📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Baxromov Asqar Axrorovich tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, Istiqlol MFY hududida joylashgan Alisher Navoiy oilaviy shifokorlik punktida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

✍️O‘rganish davomida dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi, belgilangan tartibda aholiga yetkazib berilishi hamda fuqarolarning mazkur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3