35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi

“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi rahbari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov tomonidan “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kelgusidagi rejalari, qiziqishlari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 3