35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ANIQLANGAN KAMCHILIK YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugi hududida sanitariya va obodonlashtirish holatini o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, 57-uy ro‘parasida, bolalar maydonchasi yonida amalga oshirilgan tozalash ishlari natijasida to‘plangan chiqindilar hamda shox-shabbalar ikki haftadan ortiq vaqt davomida olib chiqilmaganligi o'rganildi.

Mazkur holat hududning sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiq emasligini ko‘rsatib, atrof-muhitning tozaligi va hududning estetik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, chiqindilar va shox-shabbalarning bolalar maydonchasiga yaqin joyda uzoq muddat qolib ketishi bolalar hamda aholi xavfsizligi nuqtayi nazaridan ham jiddiy e’tibor talab etadi.

Aniqlangan holatni bartaraf etish va hududda tegishli sanitariya-obodonlashtirish talablarini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:

— to‘planib qolgan chiqindilar va shox-shabbalarni zudlik bilan olib chiqib ketish;
— hududni to‘liq tozalash va obodonlashtirish;
— mazkur holatning yuzaga kelish sabablarini aniqlash;
— kelgusida chiqindilarning uzoq muddat davomida olib chiqilmay qolishining oldini olish;
— hududlarda, ayniqsa, bolalar maydonchalari atrofida sanitariya-obodonlashtirish holatini muntazam nazorat qilish;
— ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish

so‘raldi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi. Muammoning qisqa muddatda bartaraf etilishi, hududning sanitariya-obodonlashtirish holati yaxshilanishi hamda aholi, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilishi bo‘yicha ko‘riladigan choralar nazorat qilinadi.

Slide 1 of 3