35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Huquqiy savodxonlik va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Issiqxonachilik istiqbollari" loyihasi Bo‘zatov tumanida
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish va namunaviy doimiy komissiya qarorlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi
янв.21
Deputatlik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hayal-qızlar máseleleri boyınsha pikir alısıw
янв.21
Jeke tártiptegi qabıllaw
янв.21
DEPUTATLIQ QADAǴALAWÍ — XALÍQ MÁPI ÚSHIN!
янв.21
Qurılısshı, T.Kayıpbergenov, Berdaq gúzarı, Erkin hám N.Japakov kósheleri jańa kelbetke iye boladı
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA

“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida Oqqo'rg'on tumanida tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi  12-“S Rahimov” okrugidan saylangan deputat, "O'zXDP" SGP partiyasi a’zosi Nizomiddin Botirov "S Rahimov" MFYda bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimdan iborat “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari, ijro intizomi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tijorat banklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam va subsidiyalar ajratish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur sharoit yaratish.

Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish.
Mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish.

Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar, mavjud imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish va murojaatlar bilan manzilli ishlash.

O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, tumandagi xalq deputatlari tomonidan mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga Prezident farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Senati qarorlari hamda xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, ularning amaliy ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Mahalla – Kengash – Senat hamkorligi xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 8