Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Oydin yo‘l” MFY hududida hokim yordamchisi A.Raxipov tomonidan aholi va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🚗 O‘rganishning asosiy manzili — hokim yordamchisi A.Raxipov tashabbusi bilan yosh tadbirkor K.Djumanbetov uchun o‘z mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchasi bo‘ldi.
🏗 Joyiga chiqqan holda o‘rganish davomida qurilish ishlari yakunlangani, shoxobchani ishga tushirish uchun zarur uskuna va jihozlarga buyurtma berilgani ma’lum qilindi.
🚀 Ma’lum bo‘lishicha, ob’ektni ishga tushirish uchun so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va avtomobillar yuvish shoxobchasi yaqin kunlarda o‘z faoliyatini boshlaydi.
🤝 Hokim yordamchisining tashabbusi, tadbirkorning intilishi va amaliy ko‘mak — yangi xizmat ko‘rsatish nuqtasini barpo etishga zamin yaratmoqda.