Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan hududda ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘ini mablag‘lari hisobidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani nazoratga olindi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan ehtiyojlarga muvofiqligi hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.