Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev va G‘.Axmedov tomonidan Yangi hayot mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.