O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish hamda aniqlangan masalalarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, murojaatlar bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.