35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

#KENGASH_RAISI
#Kotibiyat_mudiri
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida yosh avlodga sifatli boshlang‘ich ta’lim va munosib tarbiya berish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohadagi qonunchilik hujjatlarining to‘liq ijro etilishini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E. Jurayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tumandagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasaning umumiy faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

Ushbu o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar, xususan, bolalarning intellektual, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlarni tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

Monitoring davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilganligi, murg‘ak bolajonlar uchun tayyorlanayotgan taomlar sifeti, kunlik ozuqa ratsioni va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish me’yorlari, shuningdek, binoning xavfsizlik hamda sanitariya-gigiyena holati sinchiklab ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan uslubiy va texnik masalalarni zudlik bilan hal etish hamda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bog‘cha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 5