Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati I. Karabayev tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Jumladan, Farhod MFY, Jozibador ko‘chasi, 2-uyda yashovchi fuqaro O. Saydenkoning dori-darmon bilan ta’minlash masalasidagi murojaati tinglanib, saylovchilarning muammolarini ro‘yxatga olish daftariga qayd etildi.
Murojaat yuzasidan fuqaroning ehtiyoji o‘rganilib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dori-darmon xarid qilishi uchun tegishli tartibda mablag‘ ajratish belgilandi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.