35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA QABUL O‘TKAZDI

 Qabul davomida fuqarolarning imtiyozli kredit olish, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlanish, kadastr masalalari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga oid murojaatlari tinglandi.

Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

Saylovchilar murojaatlarini eshitish, muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 1