35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-1123-sonli Qonuni tumanda ijrosini ta’minlash, aholining, ayniqsa yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida Zarafshon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, sport zallari, ularning jihozlanish darajasi hamda sport anjomlarining mavjudligi va holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash, yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✔️Deputat tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mahalla yoshlarini ommaviy sportga keng jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
✔️Bunday o‘rganishlar hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh avlodning jismoniy salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4