Yunusobod tumanidagi Buyuk Turon mahallasida hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Nasirov Abdulaziz Axmatillayevich tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganilib, hasharda faol ishtirok etildi.
🌱Hashar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va manzarali butalar parvarish qilindi, yo‘laklar hamda jamoat joylari tartibga keltirildi.
🤝Mazkur ishlar mahalla faollari va aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda mahallalarda qulay va obod muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish va mavjud muammolarni joyida o‘rganish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!