Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Muloqotning asosiy mavzusi — “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga birgalikda yondashishdan iborat bo‘ldi.
🏘 Suhbat davomida ko‘chaboshilarning taklif va mulohazalari tinglanib, ko‘chalarning ozodaligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Shuningdek, ko‘chaboshilar bilan mahalla aholisi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni obodonlashtirish tadbirlariga faol jalb etish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida ko‘tarib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.