Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2026-yil 7-avgustdagi qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan 417 ta oilaga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari uchun 171 mln 804 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 389 ta oila hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj 28 nafar yolg‘iz keksani qamrab oldi.
🤝 Maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish.