O‘rganish davomida “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-226-son Qonun talablari ijrosi, yong‘inlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yong‘in profilaktikasi, aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalarini tushuntirish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish va fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
️Yong‘in xavfsizligi — inson hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini asrashning muhim shartidir. Shu bois bu yo‘nalishdagi profilaktik va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, yong‘inlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Ogohlik — xavfsizlik garovi!