Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tashabbusi bilan “Noib ko‘prigi” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Oqtepasoy ko‘chasidan Sherali Mingboshi ko‘chasigacha bo‘lgan qariyb 200 metr uzunlikdagi yo‘lni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘chalarni obodonlashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu tashabbus deputatning saylovchilar bilan muloqoti va hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish asosida amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi