Nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2019-yil 7-iyuldagi O‘RQ-581-sonli Qonuni talablari asosida ishlab chiqilgan savolnomalar orqali amalga oshirildi.
O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanishdagi hududlari, kirish yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, obodonlashtirish va sanitariya holati, shuningdek, uy-joy fondini saqlash va boshqarish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ko‘p kvartirali uylarning texnik va sanitariya holatini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldidagi vazifalar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganishlar orqali amaldagi qonunchilik talablarining joylarda qay darajada ijro etilayotgani, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olinmoqda.
Deputatlik nazorati — aholining manfaatlarini himoya qilish, muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.