35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-sonli "Ko‘k suv" saylov okrugi deputati va mahalla yettiligining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTAT BIRIKTIRILGEN MÁKEME HÁM SHÓLKEM BASSHISI MENEN PUQARALAR MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT ÓZINE BIRIKTIRILGEN QARARDIŃ ORINLANIWI BOYINSHA ÚYRENIW JUMISLARIN ALIP BARDI.
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
RESPUBLIKA WÁKILLERI RAYON DEPUTATLARI MENEN BIRGELIKTE "QUSXANATAW" APJda MÁHÁLLE ISLERIN ÚYRENDI.
янв.21
RAYON DEPUTATLARI RESPUBLIKA WÁKILLERI MENEN BIRGELIKTE "BULTEX PRO" TEKSTIL KÁRXANASINIŃ XIZMETIN ÚYRENDI.
янв.21
ÓzXDP FRAKCIYASINIŃ BASSHISI BOZATAW RAYONINDA SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENIP, XALIQ WÁKILLERI MENEN USHIRASTI.
янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI ÓTKERILDI.
Chodaklik mahallasida umumta’lim maktabi qurilishi masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida aholini ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash masalalari ham atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada 3 350 nafar aholi istiqomat qilayotganiga qaramay, hududda umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur holat sababli o‘quvchilar qo‘shni hududlardagi maktablarga qatnab ta’lim olayotgani, bu esa ota-onalar va mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Mahalla faollari tomonidan hududdagi 1,8 gektar yer maydonida yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurish maqsadga muvofiqligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur taklif asosida yer maydoni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, maktab qurilishi uchun mavjud imkoniyatlar va zarur shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mahalla aholisining ta’lim infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, yangi maktab qurilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, loyiha masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda zarur hujjatlarni tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4