35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI ÓTKERILDI.
янв.21
Deputat biriktirilgan muassasa va tashkilot rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlıq jeke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat biriktirilgen mákeme hám shólkem basshısı menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesi janında dúzilgen jaslar máslahát topar aǵzaları menen ushırasıw bolıp ótti.
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozatawda "Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde abadanlastırıw jumısları dawam etpekte
TUMAN KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibida:

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha 2026-yil 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Xoliqov Farrux Omonovichning hisoboti tinglandi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda 2025-yil 18-martdagi “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning 6 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman prokurori Hayitov Mirzohid Urolovichning hisoboti tinglandi.

✅ Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman ichki ishlari bo‘limi boshlig‘i Amanto‘rayev Muxiddin Shoto‘rayevichning hisoboti tinglandi.

✅ Qumqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Xurramov Rustam Xurramovichning davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar tog‘risida hisoboti hamda sessiya ishida boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9