35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozatawda "Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde abadanlastırıw jumısları dawam etpekte
янв.21
Deputat qatnasıwında "Bos jumıs orınları" miynet yarmarkası ótkerildi.
янв.21
Deputatlar biriktirilgen mákeme hám shólkemlerdiń wákilleri menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
ÓzLiDeP deputatlıq toparında "Nuraniy" qorı rayonlıq bóliminiń esabatı tıńlandı
янв.21
Namunaviy doimiy komissiya qarorlari
янв.21
Deputat biriktirilgen mákemeniń jumısları menen tanıstı
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde jumıslar dawam etpekte
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
“Tashabbusli budjet” loyihalari deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi KQ–666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida yurtimizda fuqarolarning byudjet mablag‘larini taqsimlashdagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. Mazkur tizim orqali aholi tomonidan ilgari surilgan dolzarb tashabbuslar moliyalashtirilib, hududlarda muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Muzrabot tumanida ham 2026-yilning 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz elektron platformasi orqali o‘tkazilgan ovoz berish natijasida jami 10 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni amalga oshirish uchun 11 milliard 871,9 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur loyihalar ijrosining borishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri tumanning “Dehqonobod” mahallasida tashkil etildi. O'rganish Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev,
tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislarii B.Xoliqov va Sh.Shoymardonovlar tomonidan o'tkazildi.
Ushbu loyiha doirasida mahallaning “Humo”, “Qaldirg‘och”, “Anorzor” va “Boychechak” ko‘chalariga asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha uchun 1 milliard 495 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, buyurtmachi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi DUK hisoblanadi. Tender savdolari yakunlariga ko‘ra “CHORMINOR SADO” MChJ pudratchi tashkilot sifatida belgilangan.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan asfaltlashtirish ishlarining borishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish materiallarining sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda yo‘l qurilishida texnologik talablarga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari yakuniy bosqichga yetgani qayd etildi.

Nazorat tadbiri yakunida mas’ul tashkilotlar va pudratchi korxona vakillariga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat talablariga to‘liq rioya etgan holda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning uzoq muddat xizmat qilishi uchun zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6