35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BO‘ZATOV TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI BOSHLIG‘I MAHALLA YETTILIGI A’ZOLARI BILAN UCHRASHDI
янв.21
Deputat Kók suw APJ aymaǵındaǵı «Aygul Mırzambetova»JTI tigiw cexında boldı.
янв.21
15-sonli "Ko‘k suv" saylov okrugi deputati va mahalla yettiligining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTAT BIRIKTIRILGEN MÁKEME HÁM SHÓLKEM BASSHISI MENEN PUQARALAR MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT ÓZINE BIRIKTIRILGEN QARARDIŃ ORINLANIWI BOYINSHA ÚYRENIW JUMISLARIN ALIP BARDI.
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
RESPUBLIKA WÁKILLERI RAYON DEPUTATLARI MENEN BIRGELIKTE "QUSXANATAW" APJda MÁHÁLLE ISLERIN ÚYRENDI.
янв.21
RAYON DEPUTATLARI RESPUBLIKA WÁKILLERI MENEN BIRGELIKTE "BULTEX PRO" TEKSTIL KÁRXANASINIŃ XIZMETIN ÚYRENDI.
янв.21
ÓzXDP FRAKCIYASINIŃ BASSHISI BOZATAW RAYONINDA SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENIP, XALIQ WÁKILLERI MENEN USHIRASTI.
янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
Termiz tumani prokurorining axboroti eshitildi

Termiz tumani prokurorining axboroti eshitildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida Termiz tumani prokurori Y. Ashurovning tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi.

Axborotda qayd etilishicha, PQ-1-sonli qaror asosida barcha mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsiz muhit yaratish hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha manzilli "yo‘l xaritalari" ishlab chiqilib, ularning ijrosi izchil nazoratga olingan.

📊 2026-yilning dastlabki 6 oyida:

Termiz tumanida 214 ta jinoyat qayd etilgan;
oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 13,8 foizga kamaygan;
og‘ir jinoyatlar 105 taga (73,4 foiz) kamaygan;
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 9 taga (42,9 foiz) qisqargan;
o‘ta og‘ir jinoyatlar 27 taga (122,7 foiz) oshgan.

Shuningdek, tumandagi 30 ta mahalladan 10 tasida jinoyatlar sodir etilib, Uchqizil MFY "qizil", Yangiyer, Ayritom, Sh.Rashidov, Qoraxon, Yangiobod, Xalqobod, Gulbahor, Orol va Quyoshli yurt mahallalari "sariq" toifaga kiritilgani ma’lum qilindi.

Mahallalarda xavfsizlik infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2026-yil II choragida:

✅ 21 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi;
✅ 22 ta yuz va avtoraqamni taniydigan kamera ishga tushirildi;
✅ 4 ta maktab va bog‘chalarga "360° PTZ" kamerasi o‘rnatildi;
✅ 1 ta sport maydoni kuzatuv kamerasi bilan ta’minlandi;
✅ 124 ta ichki yo‘l va ko‘cha yoritish vositalari bilan jihozlandi;
✅ 12 ta "Namunaviy xavfsiz ko‘cha" va 9 ta "Namunaviy xavfsiz uy" tashkil etildi;
✅ 144 ta xonadon hamda 26 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti texnik qo‘riqlovga olindi.

"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahalla yettiligi mas’ullariga 2 481 ta xulosa yuborilib, shundan 1 798 tasi ijro etilgan.

Shuningdek:

375 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari;
425 marotaba notinch oilalar bilan profilaktik uchrashuvlar;
25 marotaba "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazilgan.
Ushbu uchrashuvlar natijasida 35 nafar yosh kasb-hunarga, 12 nafar yosh esa chet tillarini o‘rganish kurslariga yo‘naltirilgan.

Axborot yakunida Prezidentimizning PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab o‘tildi.