35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-sonli "Ko‘k suv" saylov okrugi deputati va mahalla yettiligining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
DEPUTAT BIRIKTIRILGEN MÁKEME HÁM SHÓLKEM BASSHISI MENEN PUQARALAR MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT ÓZINE BIRIKTIRILGEN QARARDIŃ ORINLANIWI BOYINSHA ÚYRENIW JUMISLARIN ALIP BARDI.
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
RESPUBLIKA WÁKILLERI RAYON DEPUTATLARI MENEN BIRGELIKTE "QUSXANATAW" APJda MÁHÁLLE ISLERIN ÚYRENDI.
янв.21
RAYON DEPUTATLARI RESPUBLIKA WÁKILLERI MENEN BIRGELIKTE "BULTEX PRO" TEKSTIL KÁRXANASINIŃ XIZMETIN ÚYRENDI.
янв.21
ÓzXDP FRAKCIYASINIŃ BASSHISI BOZATAW RAYONINDA SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENIP, XALIQ WÁKILLERI MENEN USHIRASTI.
янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI ÓTKERILDI.
Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar deputatlik nazoratida
Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar deputatlik nazoratida

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazida faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida markaz faoliyati, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va samaradorligi, shuningdek, aholiga yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

🏢 Markaz mas'ullari tomonidan ma'lum qilinishicha, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazida 17 ta shtat birligi faoliyat yuritib, aholi va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy, tezkor va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

💡O‘rganish jarayonida markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xizmatlar ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, davlat organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga amaliy ko‘mak berish, xizmatlarning tezkorligi va shaffofligini ta'minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

📎 Shuningdek, markaz orqali 500 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani alohida ta'kidlandi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish, kadastr va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, arxiv ma'lumotnomalarini olish, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, elektron raqamli imzo (ERI) berish, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish, ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, milliy haydovchilik guvohnomasini birinchi marotaba olish yoki almashtirish, shuningdek my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

📌 Kengash raisi tomonidan markazda fuqarolarni qabul qilish jarayonlari, navbatlarni boshqarish tizimi, raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, xizmatlar sifati hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi, "Davlat xizmatlari to‘g‘risida"gi, "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi, "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi hamda "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, davlat xizmatlari sifatini jamoatchilik va deputatlik nazorati asosida baholash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

🔖 Tashrif yakunida davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, aholiga qulayliklarni kengaytirish, raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi va tegishli tavsiyalar bildirildi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 10