🏗 TUPROQQAL’ADA OBODONLASHTIRISH VA YORITISH MASHALALARI NAZORATDA
🔹 Nima masalada? Muxabbat MFY hududidagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash hamda tungi yoritish tizimini yaxshilash.
🔹 Kimga yuborildi? Tuproqqal’a tumani hokimi o‘rinbosari R.Dusimovga.
📌 Asosiy talab va vazifalar: 1️⃣ Muammoli ko‘chalarga shag‘al (SHPS) yotqizish va yo‘llarni ta’mirlash. 2️⃣ Ariq-zovurlarni tozalab, sanitariya holatini yaxshilash. 3️⃣ Mahallada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish. 4️⃣ Tungi yoritish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish va qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish.
⚖️ Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-yanvardagi 4-sonli qaroriga muvofiq, ichki yo‘llarni saqlash, yoritish va obodonlashtirish obyektlarini o‘z vaqtida ta’mirlash bevosita ushbu soha mas’ullarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
⏰ Javob berish muddati: 10 KUN ⚠️ Eslatib o‘tamiz: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmagan yoki unga asossiz javob bergan mansabdor shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin.