35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI ÓTKERILDI.
янв.21
Deputat biriktirilgan muassasa va tashkilot rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlıq jeke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat biriktirilgen mákeme hám shólkem basshısı menen ushırasıw ótkerdi
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesi janında dúzilgen jaslar máslahát topar aǵzaları menen ushırasıw bolıp ótti.
янв.21
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozatawda "Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde abadanlastırıw jumısları dawam etpekte
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Yigʻilishda joriy yil 16-iyul kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Keyingi yillarda mahalla institutini rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal etish va davlat xizmatlarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, Tashabbusli byudjet loyihalari, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi vazifalar ijrosini taʼminlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy Kengashlar vakolatlari kengaygani, shu bilan birga deputatlar zimmasidagi masʼuliyat ham oshgani taʼkidlandi. Deputatlar faoliyati, avvalo, aholi muammolarining hal etilishi, davlat dasturlari ijrosi hamda islohotlarning amaliy natijalari bilan baholanishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Senat Kengashining mahalliy Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” hamkorligini takomillashtirishga oid qarori ijrosi tahlil qilinib, monitoring natijalari muhokama etildi. Buxoro, Namangan va Fargʻona viloyati Kengashlari raislarining hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari eshitildi.
Muhokama yakunida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining “Tashabbusli byudjet”dagi ishtirokini kengaytirish, bandlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish muhimligi ham taʼkidlandi.

Slide 1 of 6