35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
RESPUBLIKA WÁKILLERI RAYON DEPUTATLARI MENEN BIRGELIKTE "QUSXANATAW" APJda MÁHÁLLE ISLERIN ÚYRENDI.
янв.21
RAYON DEPUTATLARI RESPUBLIKA WÁKILLERI MENEN BIRGELIKTE "BULTEX PRO" TEKSTIL KÁRXANASINIŃ XIZMETIN ÚYRENDI.
янв.21
ÓzXDP FRAKCIYASINIŃ BASSHISI BOZATAW RAYONINDA SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENIP, XALIQ WÁKILLERI MENEN USHIRASTI.
янв.21
“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti forumi” – biznes rivoji va ochiq muloqot maydoni
янв.21
Úyme-úy júrip, puqaralar mashqalaları úyrenildi
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI ÓTKERILDI.
янв.21
Deputat biriktirilgan muassasa va tashkilot rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlıq jeke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
Fuqarolar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar qabullari davomida bildirilgan murojaatlar asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

Xususan, "Ganjiravon" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan mahalla hududida qarovsiz hayvonlar sonining ortib borayotgani hamda bu holat fuqarolar xavfsizligi va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarni atroflicha o‘rganish natijasida deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborilib, mahalla hududidagi qarovsiz hayvonlarni belgilangan tartibda ovlash, ularni saqlash va mazkur yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan ushbu masalani amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mazkur masalaning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2