Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni aniq sohalarga biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, deputat X. Turdiyev quyidagi tashkilot va muassasalarga biriktirildi:
- Pastdarg‘om tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Pastdarg‘om tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi;
Ushbu biriktirish orqali deputat va tegishli tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlarini samarali hal etish hamda ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalarga tezkor yechim topish maqsad qilingan.
Shuningdek, mazkur hamkorlik doirasida ta’lim, ijtimoiy himoya va fuqarolar bilan ishlash yo‘nalishlarida tizimli monitoring olib borish ham rejalashtirilgan.