Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat muammoli masalani hal qildi.
янв.21
Deputat iskerligi, Deputat máhállede.
янв.21
Bozataw rayonında “Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministri kubogi” jarısı jeńimpazların kútip alıw máresimi ótkerildi.
янв.21
DEPUTATLIQ SORAW JIBERILDI.
янв.21
DEPUTAT ISKERLIGI_DEPUTATLÍQ QADAǴALAW
янв.21
DEPUTATLIQ SORAW JIBERILDI.
янв.21
#Deputattıń_jeke_tártiptegi_qabıllawı
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń 30-mart, 3-aprel kúnleri ámelge asırılatuǵın jumıslarınıń háptelik IS-REJESI.
янв.21
AYMAQ MASHQALALARI HÁM DEPUTAT QAGAǴALAWÍ.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi "ÓzLiDeP" deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
Buxoroda urush faxriylari sharaflandi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlashga, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biri 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. 

Shu jihatdan Xotira va Qadrlash kuni bayrami arafasida Buxoro shahridagi 4 nafar urush faxriylari holidan xabar olinib, ularga qimmatbaho sovg'alar berildi. Unda хalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jamoatchilik Kengashi, Yozuvchilar uyushmasi va Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat va shahar bo'limlari, "Buxoronoma" gazetasi muxbirlari hamda umumta'lim maktabning o'quvchilari, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Jumladan, Buxoro shahri Shofirkon ko‘chasida yashovchi urush faxriysi, 96 yoshli Norboy Qarshiyev, Chashmayi Ayub ko‘chasida yashovchi 98 yoshli Ahmad Muhsinov, “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Reyda Resutova, “Shirbudin” ko‘chasida yashovchi Katize Menseitova xonadonida ham jamoatchilik vakillari bo‘lishdi. 

O‘z navbatida urush faxriylari ham bugungi dorilomon zamonda urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan cheksiz g‘amxo‘rlikdan nihoyatda mamnun ekanligini bildirdi. 

Qolaversa, faxriylar yurtimiz tinchligi, ezgu niyatlarimiz ijobati, farzandlarimiz baxtu kamolini so‘rab duo qilishdi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda  

Slide 1 of 9