Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputatlari — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan N.Dusmatova, B.Begmatov, Z.Esirgapova hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan B.Joʻrayevlar Bekobod tuman sport maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida deputatlar yoshlar uchun tashkil etilgan sport yoʻnalishlari, mashgʻulot jarayonlari hamda sportchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlarning sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va iqtidorli sportchilarni har tomonlama ragʻbatlantirish yoʻlidagi ishlar doimo eʼtibor markazida.
💪 Sogʻlom avlod — yurt taraqqiyotining mustahkam tayanchi!