❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash hamda jamiyatda teng imkoniyatlarni qaror toptirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda oilada va jamiyatda gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
📝 Gender tengligi sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:
🔺 Mazkur qonun xotin-qizlarni jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boshqa shakldagi tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanuvchilarga zarur yordam ko‘rsatish va ularning huquqlarini ishonchli ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🔺 Ushbu qonun xotin-qizlar va erkaklar uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, gender kamsitilishining oldini olish va gender tengligi tamoyillarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan.
💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda jamiyatda teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.